2-dekabr Xalqaro qullikka qarshi kurash kuni

Uchinchi shaxs tomonidan odamlar savdosi va ularni fohishabozlikga majburlashga qarshi kurashish haqida BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 2-dekabr «Xalqaro qullikka qarshi kurashish» kuni deb e’lon qilingan. Bu sana Britaniya koloniyalarida qullikni bekor qilinganligining ikki yuz yilligi munosabati bilan 2007-yil 25-martdan joriy qilingan. Bu narsaga yuz yillar davomida kurashib kelinganligiga qaramay hozirgacha  muammo bo’lib kelmoqda. Qullikning zamonaviy ko’rinishi-kambag’allikni kuchayishi, ijtimoiy hisobga kiritmaslik, insonlarni kamsitish oqibatida og’ir mehnatga jalb qilishdan odam savdosigacha yetib keldi. Bugun kurashni davom etirishimiz kerak. Inson xuquqlarini himoya qiladigan xalqaro mexanizmlarni ishga solishimiz, mana shu xalqaro kunda tarix saboqlarini unutmagan holda insonlarni «qullik» iskanjasidan qutilishiga yordam berishimiz kerak.


2-dekabr Birlashgan Arab Amirligining federatsiya davlatiga asos solingan kun

2-dekabr 1971-yilda Arab yarim orollarining sharqiy qismida Pors va Oman kurfazi bo’ylarida birlashgan Arab Amerikalari federatsiya davlatiga asos solingan. (BAA) Dastlab unga 6 ta Amirlik: Abu Dabi, Dubay Sharja, Ajman, El-Fudjayr,  Ummel-Kayvayn kirgan. 1971-yil 23-dekabrda bu davlatga yana ras-el-Xayma ham birlashgan. Respublikani Abu Dabi amri boshqaradi, hukumatni Dubay amri boshqaradi. BAA axolisi 4 milliondan ziyod. Axolini barchasi musilmonlardir asosiy ishga kuchini chet elliklar tashkil qiladi. Bazi ishlari 25-30% axoli jalb etilgan. Mamlakat iqtisodiyoti neft va gaz hisobiga rivojlangan. Eksportdan keladigan mablag’ milliy daromatning 50% tashkil etadi. Mamlakatni 2004-yilgacha Abu Dabi amri Shayx Zayid Ibn Sulton al-Naxayan boshqargan. Bu boshqaruv 33-yil davom etgan. Uning o’limidan so’ng 2004-yil noyabrdan BAA prezidenti lavozimini Abu Dabi qirolligi rahbari Shayx  Xalifa Ibn zayd Al Naxayan egalagan.