3-noyabr Rus dengiz floti sarkardasi Mixail Lazarev Petrovich tavallud topgan kun
Mixail Lazarev Petrovich 1788-yil 3-noyabrda Vladimir shahrida tug’ilgan. Rus dengiz floti sarkardasi, sayyoh, admiral (1843). 1808-1813-yillarda Boltiq flotida xizmat qilgan. 1813-1816-yillarda «Suvorov” kemasida Kronshtadtdan Alyaska sohillarigacha borib kelgan va yo’l-yo’lakay Suvorov atollini kashf qilgan. 1819-1821-yillarda F.F.Bellinsgauzen rahbarligidagi dunyo aylana ekspedisiyada «Mirniy” kemasiga komandirlik qilib, Antarktida materigini kashf etishda qatnashgan. 1822-1825-yillarda kemada dunyo bo’ylab 3-marta sayohat qilib, meteorologiya, etnografiya va boshqa sohalarda keng miqyosda ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1827-1833-yillarda bir necha marta harbiy operasiyalarda qatnashgan. 1833-yildan umrining oxirigacha Rossiya Qora dengiz flotining qo’mondoni va shu dengizdagi portlarning boshlig’i bo’lgan. Lazarev Rossiya Geografiya jamiyatining faxriy a’zosi va bir qancha chet el ilmiy jamiyatlarining a’zosi edi. Tinch okeandagi atoll, Amur limanidagi va Unimak orolining shimolidagi burunlar, Orol dengizidagi orol, Yapon dengizidagi qo’ltiq va portlari Lazarev nomiga qo’yilgan.
Shuningdek, ushbu kunda …
Dominika mustaqilligi e’lon qilingan kun
Panamada Mustaqillik kuni