29-oktabr sanasi tarixi 2004-yilda butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insultni global epidemiya deb e’lon qilishdan boshlandi. Bu kasallik hozirda ham dunyodagi o‘lim va kasalliklarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. (qon tomir kasalliklari) Yuz beradigan kasalliklarning yarmidan ko‘pi shu kasalliklar bilan kasallanib o‘lim bilan yakun topmoqda.Shundan 1,5 qismi mehnatga layoqatli ishdagi insonlarda sodir bo‘lishi kuzatilgan. Rossiyada shu kasallik sabab tufayli dunyo bo‘yicha o‘lim ko‘p hisoblanadi. Shundan kelib chiqadiki har yuz ming odamdan 175 ta odam ko‘z yumarkan. Milliy registr insult kasallik ma’lumotlariga ko‘ra ushbu kasalliklarning boshidan o‘tkazganlarning 31% ni boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘larkan, 20% esa mustaqil yura olmaydi va faqatgina 8% gina insonlar avvalgi ishlariga qayta oladilar. Insult kasalligini oldini olishning eng muhim usullaridan biri to‘g‘ri ovqatlanishdir va jismoniy tarbiya bilan shug‘illanishdir. Ko‘pincha bu kasallikni oldini odishda yog‘li ovqatlarni kamroq iste’mol qilish lozim.