28-oktyabr Garvard universitetiga asos solingan kun

28-oktabr Garvard universitetiga asos solingan kun

Garvard unversiteti AQShning eng qadimiy hususiy oliy o’quv yurtlaridan biri hisoblanadi. 1636-yilda Massachusets shtati kaloniyasi qonunchilik yiғilishi qarori bilan Kembridj shaxri Boston yaqinida kollejga asos solindi. 1639-yilda kollejga o’z mulkining yarmini va kutubxonani vasiyat qilgan minstr Djon Garvard (1607-1638) ning nomi berildi.


Bu kollej tarixda mintaqadagi ikkinchi oilaviy kutubxona bo’lgan. Kollejning universitetga aylanishi 19 asrning yarmida yuz beradi. Bu paytda injil, horijiy tillar va matematikani o’rganishdan tashqari, tibbiyot (1810) va yurisprudensiya (1817) dan ham  ta’lim berila boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Garvard unversiteti madaniy xayotning markaziga aylandi. Hozirda Garvardning bir nechta shaxsiy muzeylari bor. Ularning ichida botanika muzeyi, zoologiya, minerologiya va geologiya, arxeologiya va etnologiya muzeylari kiradi.


Universitetning nafaqat o’z botanika bog`i, balki o’z o’rmoni ham bor. Universitet o’zining ilmiy yutuqlari, shu jumladan dunyoga mashhur tibbiyot fakultetining ilmiy ishlanmalari bilan juda fahrlanadi. Garvard kompyuter asbob-uskunalarini, xattoki Prijton universiteti «Xaqiqiy san’at darajasida” deb ataydilar. Bu yerda dunyo bo’yicha  eng katta ilmiy kutubxona joylashgan. Universitetda 12 ta kollej va fakultetlar bor, ammo boshqa universitetlardagi kabi bu yerda ham tibbiyot, yurisprudensiya, biznes va politologiya (siyosatshunoslik) mutaxasisliklariga tanlov katta. Bugungi kunda Garvrdda AQShning barcha shtatlari va dunyoning 100 ta mamlakatidan kelgan 18000 dan ortiq talablar ta’lim olmoqda. O’ttizdan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari Garvardni tamomlashgan.