Transport bizning hayotimizda katta rol o’ynaydi. Shuni aniq aytish mumkinki, yer usti transportlari tarixi g’ildirak ixtiro qilinishidan boshlangan. Ammo zamon o’zgarib, hayot ritmi tezlashdi va hozirgi kunda biz hayotimizni avtomabil, avtobus va troleybuslarsiz tasavvur qila olmaymiz. Avtomabillarni o’rnini hech nima bosa olmaydi va ular kundan kun ko’payib bormoqda. Avtomabillar tezkor transportga aylandi, ular yordamida biz uzoq masofalarni bosib o’tib dunyoning uzoq burchaklariga yetib olamiz. Shu sabab avtomabil transportiga xizmat ko’rsatuvchi kasblar soni ham ko’payib bormoqda. Haydovchi kasbi esa hali ham eng ommabopligicha qolmoqda. Shuning uchun ham dunyoning ko’p davlatlarida ushbu kasblarga bag’ishlangan bayramlar bor. Avtomabillar dunyo tarixida ham sezilarli iz qoldirgan. Bu 1903-yilda butun dunyoga mashhur «Ford Motor” avto kompaniyasiga asos solinishi, 1894-yildagi birinchi avtomabil poygalari, 1885-yilda qo’lbola (qo’lda yasalgan) avtomabil sinovlari va boshqa bir qator hodisalardir.