17-oktyabr AQShning Detroyd shahrida birinchi «Cadillac» avtomobili ishlab chiqarilgan kun
17-oktyabr AQShning Detroyd shahrida birinchi «Cadillac» avtomobili ishlab chiqarilgan kun
Cadillac avtomobilini iste’dodli ixtirochi Genri Martin Liland kashf qilgan. Genri va uning o’g’li Uilfred Genri Ford va boshqa mashhur avtomobil kashfiyotchilari bilan hamkorlik qilishgan. Ford Liland bilan hamkorlikda 1902-yilning avgustida Luiziana gubernatori va Detroyd asoschisi markiz Antuan de Kadiyyak sharafiga «Cadillac Motor Car Company” deb nomlangan kompaniya tuzdi. Shu yilni 17-oktyabrida esa Cadillac avtomobilining birinchi «A” modeli tayyor bo’ldi. Shu yilning oxirigacha yana ikkita mashina yig’ildi va bu avtomobillar 1903-yilning yanvar oyida o’tkazilgan Nyu-York avto-shousida namoyish etildi. Muvaffaqiyat hayratlanarli darajada edi—ko’rgazmalarning yopilgunicha kompaniya 2286 avtomobilga buyurtma oldi. Bu mashinaning tezligi soatiga 48 km bo’lib, narxi 750 dollarni tashkil etar edi. Avtomobil buyurtmasiga yana ustama narx to’lab qo’shimcha ikki kishilik joy va yumshoq yig’iluvchan soyabonli modelga ega bo’lish mumkin edi. 1930-yillarga borib Cadillac avtomobili mukammal texnika vositasiga aylandi. 1933-yillarda mashinaning oldingi g’ildiraklari mustaqil bezakli eksperimental modellari paydo bo’ldi. 1941-yilda Cadillac jahonda birinchi bo’lib avtomatik gidravlik transmissiyali, sun’iy iqlim sistemasiga ega va yonilg’i baki orqa tomonga bekitilgan hashamdor modelini namoyish qildi, so’ng Cadillac yangi kuch bilan ishlay boshladi va eng yaxshi avtomobil sifatida tan olindi. 1948-yildagi modellarning orqa qanotlarida aerodinamik «suzgich”lar paydo bo’ldi. Bu dizaynerlik mahobat ko’pchilikning zavqini qozondi. 1953-yilda «Eldorado»paydo bo’ldi, bu urushdan keyingi avtomobilning to’la o’zgartirilgan shakli edi. U birinchi marta keng oldingi oynaga va o’ziga xos faralar bilan bezatilgan edi. 1964-yilda kompaniya uch millioninchi avtomobilni ishlab chiqaradi. Biroq kompaniya erishilgan muvaffaqiyatlar bilan to’xtab qolmaydi. Uch yil ichida «aylanadigan fara”li, ikki konturli tormoz va avtomatik iqlim nazorati sistemalariga ega, oldingi o’rindiqlar isitiladigan va Track Master cistemasi mavjud modellar paydo bo’ladi. 1978-yildan konveyrlardan Cadillacning dizel bilan yuradigan turlari ishlab chiqiladi. Cadillacning deyarli hammasida o’ziga xos rul va tormoz, konditsioner, elektr oyna ko’targich, mexanizmga ega o’rindiq va yukxonani ochadigan moslamalari mavjud edi. Xullas yuqori komfortli avtomobillar sirasiga kirib, ko’pchilikning ixlosini qozondi. AQShning juda ko’p prezidentlari Cadillacni «hukumat ulovi” sifatida tan oldi. Albatta hukumat vakillari uchun Cadillacning maxsus bronlashtirilgan modellari ishlab chiqilardi. Bunday maxsus mashinalarda prezidentlar Jim Karter, Ronal’d Reygan, Bill Klintonlar rasmiy tashriflarini amalga oshirishgan.