1492-yil 12-oktyabr kuni italiyalik (ayrim ma’lumotlarga ko’ra ispaniyalik) sayyoh Xristofor Kolumb Yangi dunyoga kelgan — bu kuni Xristofor Kolumb ekspeditsiyasi Bagama arxipelagidagi San-Salvador orollariga yetib kelgan va natijada Amerikani ochilganligi sanasi shu kunga belgilangan. Shunga qaramay, Kolumb Kuni Amerikada 12-oktyabr kuni nishondanadi. AQShda bu kuni oktyabr oyining ikkinchi dushanbasida nishonlanadi. Ilk bor bu bayram tantanasi 1792-yil Amerika ochilishining 300 yilligiga bag’ishlanganligi munosabati bilan o’tkazilgan. Shu vaqtning o’zidayoq suzuvchi sharafiga haykalo’rnatilgan, oradan 100 yil o’tgach, 400 yillik tantana munosabati bilan haykal Nyu-York shahrida ham qad rostladi va AQSh prezidenti Bejamin Garrison amerikaliklarni bu kunni har yili bayram shodiyonasi o’rnida o’tkazishga chorladi.