Avstraliyada birinchi unversitet o’z faoliyatini boshlagan kun
Avstraliyada birinchi unversitet o’z faoliyatini boshlagan kun
1852-yil 11-oktyabrda uning tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. Bu ta’lim dargohini tashkil etish qarori 1850-yilda sayyoh, jurnalist va siyosiy arbob Vil’yam Ventvort tomonidan amalga oshirilgan edi. Universitet Sidneydagi ish olib borayotgan nufuzli kollej tarkibida tashkil etildi. 1852-yilda Sidney universiteti ish o’rinlari uch nafar professordan iborat bo’lib, unda atigi 24 nafar talaba ta’lim ola boshladi. Sakkiz yarim yildan so’ng yangi «maktab” o’sha paytda Birlashgan Qirollikning yuqori darajali talablarga javob berganligi uchun malika Viktoriyaning «Yuqori xartiya”siga ega bo’ldi. Sidney universiteti amerikaning mashhur va nufuzli ta’lim muassasalariga o’xshashi bilan Avstraliyaning «Sakkizlik guruhi” deb mamlakatda tan olingan. Bizning davrga kelib universitetda 2300 nafar o’qituvchi 46 ming talabaga ta’lim beradi. Bu ta’lim muassasasi dunyoda eng yaxshi o’quv dargohlari ichida 38-o’rinda turadi. Shuningdek, mazkur dargohning kutubxonasi janubiy yarim sharining eng yirigi hisoblanadi. Unda 5,1 million adabiyot mavjud bo’lib, ko’p yillardan buyon o’z foydalanuvchilariga ma’naviy oziq berib kelmoqda.