9-oktyabr Butunjahon pochta kuni

9-oktyabr. Ushbu kunda…

Xalqaro pochta ittifoqi ta`sis etilgan kun.

Ararat cho`qqisi ilk bor zabt etilgan kun.

Uganda Respublikasida mustaqillik kuni


9-oktyabr Butunjahon pochta kuni

9 oktyabr — Butunjahon pochta kuni- Birlashgan Millatlar tashkiloti sistemasida nishonlanadigan xalqaro kunlardan biri hisoblanadi. Har yili 9-oktyabrda, Butunjahon pochta ittifoqining 14 kongressi qaroriga muvofiq, 1874-yil ittifoqning tashkil topgan kunida o’tkaziladi. Bu kun Xalqaro pochta kuni deb, 1969-yilda Tokioda bo’lib o’tgan Xalqaro pochtachilar ittifoqi Kongressi tomonidan e’lon qilingan. 1874-yil 9-oktyabrda Bern (Shveysariya)da 22 davlat vakillari, shuningdek Rossiya tomonidan Bern shartnomasi imzolangan. 1878-yilda ittifoqining nomi  Butunjahon pochta ittifoqi deb o’zgartirildi. Bugungi kunga kelib Butunjahon pochta ittifoqi o’zining ichiga 192 ta mamlakatni qamrab olgan. Butun dunyoda 9-oktyabrdan boshlab, Xalqaro xatlar haftaligi boshlanadi. Butunjahon pochta ittifoqining ma’lumotiga ko’ra, xalqaro pochta 6800 tilda muloqot olib boradi va pochtani yetkazib berish borasida eng uzun tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bu tarmoq tovarlarni samarali va tejamli yetkazilishini ta’minlash, fikr almashinishini  uchun mo’ljallangandir. Pochta do’stlar orasida uzoq masofalarda shaxsiy fikr almashinishiga yordam beradi. Shuningdek, pochta turli masshtabdagi firmalarga mijoz topishga va ularning ehtiyojlariga mos ravishda ish olib borishlariga yordam beradi.