28-sentyabr Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on va Namangan viloyatidagi Pop tumanlari tashkil etilgan kun

28-sentyabr Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on va Namangan viloyatidagi Pop tumanlari tashkil etilgan kun

Kattaqo’rg’on tumani Samarqand viloyatning shimoliy qismida joylashgan. 1926-yil 28-sentyabrda tashkil etilgan. Maydoni 1,47 ming km.kv. Aholisi 199,1 ming kishidan ortiq, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 2 shaharcha (Suv hovuzi Payshanba) va 11 qishloq fuqarolari yig’ini bor. Markazi – Payshanba shaharchasi. Rel’efi, asosan, yassi tekislikdan iborat. Iqlimi kontinental, yozi issiq, quruq, qishi mo’’tadil sovuq Shimoliy chegarasi bo’ylab Qoradaryo, janubiy chegarasi bo’ylab Oqdaryo kanali oqib o’tadi. Miyonqol, Shavat, Toss, Narpaу ariqlari asosiy sug’orish manbaidir. Tuman hududida barpo etilgan Kattaqo’rg’on suv ombori («Kattaqo’rg’on dengizi»)ning xo’jalikdagi ahamiyati katta bo’lib, baliq xo’jaligi tashkil etilgan. Sanoat, qurilish, transport, aloqakorxonalari, qo’shma, kichik korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar mavjud. Hunarmandchilik, qandolatchilik va boshqa rivojlangan.Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i – paxtachilik Shuningdek, g’allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchillk, tokchilik. chorvachilik bilan shug’ullaniladi. Sug’oriladigan yerlarga paxta, g’alla (shu jumladan, sholi), beda, poliz, sabzavot ekiladi. 22 ming ga yer o’rmon xo’jaligi. 100 ga yer terakzor. 343 dehqon- fermer xo’jaligi bor. Tuman jamoa va xususiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. 97 umumiy ta’lim maktabi, kasb-hunar maktabi, litsey va kollejlari, musiqa maktablari, 58 jamoat kutubxonasi, 23 madaniyat uy, 3 muzey mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Tuman hududi orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy va boshqa shaharlardan Toshkentga qatnovchi avtobuslar o’tadi.