1904-yil 15-sentyabr – Telefon aloqasi ishga tushirilgan. O’zbekistonda umumiy foydalaniladigan 200 raqamli dastlabki telefon stansiyasi Toshkentda 1904 yil 15 sentyabrda ishga tushirilgan. Telefon tarmog’i bir simli bo’lib, yer ikkinchi o’tkazgich vazifasini bajargan. 1924-yilga kelib stansiyalarining sig’imi 1700 raqamni tashkil etdi. Telefonlar faqat shaharlardagina bor edi 1932-yil Toshkentda 5500 raqamli birinchi avtomatik telefon stansiyasi (ATS) ishga tushirildi. Shu davrdan telefon tarmoqlarini rivojlantirish ATSni joriy etish yo’nalishida rivojlandi. 1940-yilda O’zbekistonda montaj qilingan umumiy sig’imi 17,5 ming raqamli 118 telefon stansiyasi ishladi.