Qutqaruvchilar kuni Armanistonda 2008-yildan boshlab har yili 4-sentyabr kuni nishonlanadi. Armaniston qutqaruvchilari favqulotda hodisalarning oqibatlarini yo’qotish bo’yicha katta tajribaga egalar. 1988-yilda Spitak shahrida yuz bergan yer qimirlashida ko’plab odamlarning hayotini saqlab qolganlar. Shundan so’ng Armaniston va boshqa respublikalarda qutqaruv xizmati yaratilgan.