23-avgust Daniya poytaxtining ramzi bo‘lgan suv parisi haykalining ochilishi bo‘lib o‘tgan kun
23-avgust Daniya poytaxtining ramzi bo‘lgan suv parisi haykalining ochilishi bo‘lib o‘tgan kun
Anderson asaridagi Suv parisining bronzadan yasalgan haykalini daniyalik haykaltarosh Edvard Eriksen yaratgan. Buyurtma yirik pivochi Karl Yakobsen tomonidan qilingan, va o‘zi buyurtmaga homiylik ham qilgan. Pivochi Kopengagen Qirollik teatrida bu baletni ko‘rib, ertak qahramoniga mahliyo bo‘lib qolgan. Suv parisi timsoli o‘rnida haykaltaroshning ayoli Eline Eriksen bo‘lgan, haykalning yuzi esa Qirollik opera va balet teatri balerinasi Ellen Praysnikinikidan nusha olgan. 1913-yil 23-avgust kuni Karl Yakobsen haykalni shahar aholisiga hadya qilgan, shu kundan e’tiboran Suv parisi Kopengagenning portida turadi vaDaniya poytaxtining ramzi bo‘lib qolgan. Haykalning balandligi 1,25 m, og‘irligi esa 175 kg ga yaqin. 1964-yil mudhish voqea bo‘lib o‘tgan – notanish bezorilar Suv parisining boshini sindirib ketishgan. Jinoyatchilar topilmagan, lekin eski haykalning gips shakli saqlanib qolgan va haykalning bosh qismi quyib qo‘yilgan.