23-avgust Xalqaro quldorlikka qarshi kurashish kuni

23-avgust kuni Butun dunyo xalqaro quldorlikka qarshi kurash kuni nishonlanib keladi. Ushbu kun Yunesko tomonidan o’tkazilgan 150-yig’ilishda qabul qilingan. Bu kunning nishonlanishi sababi San-Damingo va Taiti shaharlarida 1791-yilda qullar qo’zg’oloni bo’lgan. Yunesko BXX a’zolarni bu kunni nishonlashga taklif etadi. AQSHning Ogayo shtatida XXI asr boshlarida qullikka qarshi tarixiy muzey ochilgan. Qullik bilan shug’ullanuvchi savdogarlar uchun asosiy to’xtab o’tish joyi bo’lgan Gori orolining Senigan qirg’oqlarida har yili qullik savdosining qurbonlarini xotirlash marosimi o’tkaziladi. Qulluk inson tarixnining qaro sahifalaridan birining fojiasidir.  Qullik xalqaro miqyosda belgilanib muhokama qilinganiga qaramay yangi shakllarda hukm surishni davom ettirmoqda  va  bugungi kunda  dunyodagi millionlab  kishilarni tashvishga solmoqda. BMTning  ma’lumotlariga  qaraganda, har yili  millionlab  kishilar asosan ayollar va bolalar aldov qurbonlariga aylanadilar, «tirik tovar” ga aylanib, eksplotatsiyaga duchor bo’ladilar. «Yangi qullik savdosi” zamonaviylikning eng muhim va keng qamrovli muammosiga aylandi.