22-avgust 1922-yil Zalsburgda (Avstriya) Мotsart haykali joylashgan katta maydonda Teatr san’ati festivalining ochilish marosimi bo’ldi. Shundan buyon har yili shu kunda o’tkazilib kelinmoqda. Ilk bor festivalda teatrda asosiy erishilayotgan yutuqlar ko’rilib borildi. Lekin yillar o’tib asosiy o’rinni musiqa egalladi. Albatta ahir, Zalsburg mashhur kompozitor Volfgang Amadey Motsartning ona shahri bo’lgan. Ilk festivallarda nemis kompozitrolari: Glyuka, Motsart, R.Shtraus va boshqa kompozitorlar repertuarlari joy olgan edi. Keyinchalik boshqa mualliflarning ham musiqalari kuylay boshlandi. Zalsburg festivallarida 20 asrning yirik dirijyorlari ishtirok etishgan: Arturo Toskanini, Bruno Valter, Gerbert fon Karayan va boshqalar. 1928-yildan boshlab festivalda ilk bor rus musiqashunoslari qatnashishdi. Bu festival sahnalarida «Antigona” Karla Olfa (1952), «Prosses” Eynema (1953), kabi dunyo operalarining ilk namoyishlari bo’lgan. 1960-yildan boshlab musiqa tadbirlari katta 2160 o’rinli festival san’at saroylarida o’tkazilishni boshladi.