Kiribatida mustaqillik kuni davomida turli tadbirlar o’tkaziladi. Shulardan eng qadrlisi «Qariyalar kuni” dir. Kiribatida qariyalarga juda katta hurmat bilan e’zozlab qarashadi. 50 yoshdan oshgan yosh kattalar Kiribatida 11% ni tashkil qiladi. O’rtacha hayotni davomiyligi erkaklarda-57, 2 yosh bo’lsa, ayollar 62,3 yoshlarga to’g’ri keladi. Shu munosabat bilan davlat qariyalar, yoshi kattalarga g’amxo’rlik qilishga, ularga o’ziga xos hayot darajasini yaxshilab berishga intiladi. Qariyalar kuni Kiribatida davlat bayrami hisoblanadi. Ushbu kunda davlat aholisi barcha qariyalarni bayramlari bilan tabriklab, sovg’a salomlar bilan taqdirlashadi. Rasmiy nomi — Kiribati Respublikasi. Poytaxi-Janubiy Tarava. Britaniya Hamdo’stligi a’zosi. Nukunau oroli 1765-yili ingliz dengizchisi J.Bayron, Gilbert va Ellis orollari-D.Gilbert va D. Marshallar tomonidan XVIII asrning 60-80 yillarida kashf etilgan. 1892-yida orollar Britaniya prorektoratiga, 1915-yilda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanadi. Ellis orollari 1975-yilda ajralib chiqib, 1978-yilda mustaqil Tuvalu davlati deb e’lon qilinadi. Gilbert orollari Britaniya Hamdo’stligi tarkibida 1979-yil 12-iyulda mustaqil Kiribati Respublikasini tashkil etdi.