15-iyul tarixda ilk marotaba ikki mamlakat hamkorligidagi kosmosga parvozi uyushtirilgan kun
15-iyul tarixda ilk marotaba ikki mamlakat hamkorligidagi kosmosga parvozi uyushtirilgan kun
1975-yil 15-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Baykonur kosmodromidan «Soyuz-19” kosmik kemasi parvozlangan bo‘lib, kemani Aleksey Leonov hamda Valeriy Kubasovlar boshqargan. 8 soatdan so‘ng Florida (AQSh) dagi Kanaveral burnidan «Saturn 1-B” raketasi bilan «Apollon” kemasi amerikalik astronavtlar Tomas Stafford, Vens Brendom hamda Donald Sleytonlar boshqaruvida parvozlangan. Parvozdan keyingi ikki kun ichida kemalar yuzma-yuz holatga kelish yo‘lida harakatlanib, bu bilan ular misli ko‘rilmagan xalqaro kosmik hodisaga erishmoqchi bo‘lishgan. Ushbu yuzlanish 17-iyul kuni 140 mil balandlikda Atlantika ustida sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan 3 soat o‘tib, Leonov Staffordni «Glad to see you”, ya’ni «Sizni ko‘rganimdan xursandman» so‘zlari bilan qarshi olgan. Bunga javoban Stafford «Привет, рад тебе видет», deya ruscha javob qaytargan unga javoban ingliz astronavti. So‘ngra bu ikki kasbdosh bir-biri bilan quchoqlashib ko‘rishishgan. Ramziy ifoda o‘rnida bir-birlariga suvenir hamda bayroqlar ulashishgan. Samoda ikki xalq bir-birining kemasida ekskursiya o‘tkazishgan. Milliy taomlari bilan mehmon qilishgan. Ikki kunlik parvozdan so‘ng yana yerga qaytishgan. Ikki ekipaj ham yerga eson-omon qaytib kelishgan. «Soyuz” sobiq SSSR yeriga 21-iyul kuni parashyutda tushib kelgan, «Appolon” esa Gavayi orollaridan uzoq bo‘lmagan yerga 25-iyul kuni qo‘ngan.