16-iyun ayollardan birinchi bo’lib Valentina Tereshkova kosmosga parvoz qilgan kun.

16-iyun ayollardan birinchi bo’lib Valentina Tereshkova kosmosga parvoz qilgan kun.
 Tereshkova (Nikolaeva) Valentina Vladimirovna  kosmonavt–uchuvchi 1937-yil 6-martda Yaroslavlni Maslennikovo qishlog’ida ishchi oilasida tug’ilgan. 1970-yilda injiner-polkovnik, 1962-yil 22-iyunda  Sovet  Ittifoqi  qahramoni  unvonlarini olgan. N.E.Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo injinerlik akademiyasini 1969 yilda tugatgan. Yaroslavl aeroklubida parashut sporti bilan shug’ullangan va 163 marta sakragan. 1963yil 16-19-iyunda  ayollardan kosmosga birinchi bo’lib parvoz qilgan. «Vostok-6” kosmik kemasi  Yer atrofini  48 marta aylanib, 70 soat 41 minut mobaynida  2 mln.kmga teng masofani uchib o’tdi. 1968-yilda Xotin-qizlar komitetining raisi, 1969-yilda  Xalqaro demokratik  xotin-qizlar   federasiyasining  vise-prezidenti, jahon tinchlik kengashining a’zosi bo’lgan. Orden, medallar, shuningdek chet el ordenlari bilan mukofatlangan. Oyning orqa tomonidagi krater Tereshkova nomi bilan atalgan.