2002-yil 13-iyundan beri Xitoyda drakon festivali o’tkaziladi. Bu festivalni yana «Duanu” bayrami deb ham ataladi. Bu bayramni kelib chiqishi Chu podsholigi davrida yashagan qadimgi xitoy vatanparvar-shoiri Syuy Yuan xotirasi bilan bog’liq. U bir necha bor siyosiy inqiroz va poraho’rliklarga qarshi islohatlarni o’zgartirish haqida Chu podshoxiga takliflar kiritgan. Podsho esa o’zining atrofidagi amaldorlarning gapiga kirib Syuy Yuanni mamlakatdan surgun qilib yuboradi. Eramizdan avval 278-yilda Sin podsholigi qo’shinlari Chu podsholigi poytaxtiga bostirib kirishadi. Bunday sharmandalikni eshitib, o’zini daryoga tashlaydi. Buni eshitgan odamlar qayiqlarga o’tirib, daryodan shoirni jasadini uzoq qidirishadi. Shundan keyin har yili shoirni o’lgan kunini xotirlab shu daryoda drakon shaklidagi qayiqlarda qayiqlar musobaqalarini o’tkazganlar.