Nazare (Nazaré) — Atlantika okeani sohilidagi qadimiy baliqchilar shaharchasi bo’lib, uni hattoki qishloqcha deb ham atash mumkin. Portugaliyaning eng yaxshi plyajlari shu shaharda joylashgan. Shaharcha baliqchilar kiyib yuradigan an’anaviy liboslari bilan ko’pdan mashhur. Baliqchilarning ayollari an’anaviy tarzda boshlariga ro’mol o’raydilar va turli rangdagi yubkalar ustidan bezatilgan fartuklar kiyadilar. Hozirda bu bayram liboslarini shaharda o’tkaziladigan bayram va festival kunlarida ko’rish mumkin. Bir qancha Dengiz bayramlarining ichida eng mashhuri -«Dengiz odamlari kuni” bayrami o’z mavqyeiga ega bo’lib, bayramda musiqa va raqslar ishtirokida ommaviy sayllar o’tkaziladi. Bayram dasturiga so’zsiz baliqchilarning yorqin liboslarida tantanali yurishlar kiritiladi, sohil bo’yida esa turli ko’ngilochar shoular, raqslar va tanlovlar tashkil qilinadi. Bayramning zaruriy sharti — mo’l-ko’l oziq-ovqatlar bazmi hisoblanib, birinchi navbatda baliq va dengiz mahsulotlaridan taomlar tayyorlanadi. Mahalliy bo’lmagan, Norvegiyadan keltiriladigan treska, bakalyau baliqlari milliy taomlaridan eng mashhurlari hisoblanadi, undan 150dan 300gacha taomlar tayyorlanadi.Portugaliya oshxonasida mashhur bo’lgan qaylalar ham bayram dasturxoniga tayyorlanadi.
7-may Xalqaro radio kuni
Radioni 1895-yilda rus fizigi A.S.Popov dunyoda birinchi bo’lib ixtiro qilgan va qurgan. Birinchi radio uzatgichni ham uning o’zi yaratgan. Radio uchun simlarning keragi yo’q, radio tinglovchilarning soni behisob, radio to’lqinlarga esa uzoq masofalar hech halal bermaydi. Shuning uchun ham radio ommaviy axborot va tashviqotning asosiy vositalaridan biri bo’lib qoldi. Radio orqali turli mamlakatlardagi millionlab kishilar telegraf va gazetasiz ham ayni bir vaqtda eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’ladilar.
geografiya.uz/muhim-va-mashhur-sanalar/9264-7-may-radio-kuni.html