6-sentyabr Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun.

Bugun 6-sentyabr

Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun.


1967-09-06


Dastlab Davdat mukofoti sifatida 1967-yil 6-sentyabrda ta’sis etilgan. 1991-yil 5-martdan O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-fevraldagi qarori bilan ta’sis qaroriga o’zgartirishlar kiritilgan. Mukofotga taqdim etilgan ishlarni tavsiya qilish, muhokamadan, ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va mukofotlash bilan bog’liq boshqa ishlarni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari qo’mitasi tuzilgan. Mukofot O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan har 3 yilda Mustaqillik bayrami arafasida beriladi. Mukofotlanganlarga Abu Rayhon Beruniy tasviri tushirilgan faxriy nishon va tegishli guvohnoma topshiriladi. 1996-yilga qadar 407 kishi shunday mukofotga sazovor bo’lgan.