28-avgust Nemis yozuvchisi Yoxann Volfgang Gyote tavallud topgan kun

Bugun 28-avgust Nemis yozuvchisi Yoxann Volfgang Gyote tavallud topgan kun.


Nemis yozuvchisi Yoxann Volfgang Gyote 1749-yil 28 avgust sanasida Frankfurt-Mayn shahrida tavallud topadi. Mutafakkir yangi davr nemis adabiyotining asoschisidir.


Ijodini 18-asrning 70-80-yillari Germaniyada mavjud bo’lgan “Bo’ron va hujum” adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlagan.


Shu davrda Gyote 1773-yil “Ges fon Berlixingen”, 1773-yil “Prometey” kabi dramalar va lirik she’rlar yartdi.


Yozuvchi adabiy faoliyatining ilk davriga mansub 1774-yil “Yosh Verterning iztiroblari” romani o’sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo’ldi.


U 1779-1781-yillar, 1788-yil “Ifigeniya Tavridda, 1788-yil “Egmont”, 1780-1789-yillar “Torkvato Tasso” kabi dramalar yozadi. 1811 – 1833-yil “ She’riyat va haqiqat” avtobiyografik kitobi, 1793-1796-yil “Vilxelm Maysterning o’qish yillari”, 1821 -1829-yil “Vilxelm Maysterning darbadarlik yilari” romanlarida munosabat masalasi aks etgan