Bugun 10-avgust — Luvr muzeyi birinchi marta ochilgan kun
Parij shahrida Luvr me’morchilik yodgorligi deb hisoblanadi va u dunyodagi eng katta badiiy muzeydir.
Luvr binosi Sena bo‘yida 1190-yilda Filipp Avgust tomonidan qal‘a sifatida Parijdan himoyalanish uchun qurilgan.
16 asrda Karl V tomonidan Luvr qayta qurilib qasrga aylantirilgan ammo Luvr binosi eng katta o’zgarish 1546-yilda Fransisk I buyrug‘i bilan buzilib, qayta qurilib qirol oilasining rezidensiyasiga aylantirilgan edi.
1672-yilda Lyudovik XIII tomonidan Versal qurilib qirol rezidensiyasi Versalga ko’chirtirildi.
1725-yilda San’at akademiyasi binoda badiiy kechalar o’tkazishni boshlashdan oldin, Luvr bo’m-bo’sh bo’lib qolgan edi.
1793-yil 10-avgustda muzeyning eshiklari omma uchun ochildi.
Hozirgi kunda muzeyda 400 mingdan ortiq eksponatlar yig’ilgan.
Asosiy eksponatlarni qirollik anjomlari, atoqli chehralar tashkil qiladi.
Bundan tashqari qadimiy Sharq, Qadimgi Gretsiya, G’arbiy Yevropa san’at asarlari ham Luvr muzeyidan joy olgan.