Manchester Yunayted klubining narxi qancha?
Qizil iblislar jamoasi anchadan buyon sir Jim Ratcliffe va Qatar shayxlari koʻz ostida boʻlib kelmoqda.
Mish-mishlarga qaraganda Gliyzerlar qoʻyayotgan narx taxminan $6-7 milliard, lekin, bu aniq narx emas. Xush unda Yunaytedning asil narxi qancha?
Hozirgi kunda Manchester Yunaytedning bozordagi aksiya narxi $20.5 ni tashkil etadi va u 165 million kishiga tegishli. Bu degani klub narxi $3.4 milliardga baholanadi 2023-yilning 1-choragidagi maʼlumotlarga koʻra jamoaning qarzlari $680 million bu degani jamoaning bozor narxiga uning qarzlari ham qoʻshiladi ushbu holat Yunaytedning $3.6 milliardlik narxga chiqishiga sabab boʻladi. Chunki agar kimdir sotib olsa qarzlari bilan sotib olishiga toʻgʻri keladi.
Tashqi qiymatlarga kelsak „Forbes“ jurnali jamoaning reklama, futbolka sotuvi, translyatsiya xizmatlarini hisoblab chiqqan holda $4.6 milliard narx qoʻygan. Koʻrib turganingizdek jamoaning narxi $3 milliarddan $4.5 milliardga tengdir.