Dunyodagi eng yirik akvariumlarga kirish narxi qancha?
Jorjiya akvariumi AQShning Atlanta shahrida joylashgan bo’lib, u dunyodagi eng katta Akvarium hisoblanadi, 32000 m3 dan ortiq dengiz va toza suvga ega, shuningdek, 500 xil navdagi 120 000 dan ortiq dengiz mavjudotlari mavjud. Akvariumga kirish biletining narxi $39,15 ni tashkil etadi.
Shuningdek boshqa akvariumlarga kirish narxini ko’ramiz:
— BAA. Dubay. «Dubay» (suv hajmi 10 mln litr) Akvariumga kirish narxi $46,02.
— Yaponiya. Okinava. Okean ko’rgazma bog’idagi Akvariumiga kirish narxi $13,57.
— Singapurdagi Sentosa orolidagi Akvariumga (suv hajmi 45 mln litr) kirish narxi kattalar uchun $24, qariyalar va bolalar uchun $16 ni tashkil etadi.
Shu bilan birga Poytaxtimizdagi «Magic city» akvariumga kirish narxi 100 ming so’mni tashik etar ekan.