Oskar mukofotlari kino sanoatidagi eng nufuzli mukofotlar bo’lib, zo’rlarning eng zo’rini taqdirlaydi.
Bugungi kunga kelib “Oskar” 24 asosiy nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanmoqda.
Mukofotga sazovar bo’lganlar gonorar sifatida bir sent ham olishmaydi. Ishonmaysizmi? Lekin bu fakt!
Uni sotsachi?
Oskarni o’zi sotib pul ishlash mumkin emas. Mukofotning har bir g’olibi AQSh Kino Akademiyasining ustuvor sotib olish huquqiga ega bo’lgan maxsus hujjatni imzolaydi va ular haykalchani egasidan atigi bir sentga emas, balki atigi 10 dollarga sotib olishadi.
«Ha, ha, biz adashmaganmiz va bir nechta nollarni o’tkazib yubormadik: yasash uchun ming dollar atrofida ketadigan haykalcha — agar uni sotmoqchi bo’lsa, egasiga atigi 10 dollar olib keladi», — deyishdi tashkilotchilar.
Albatta, Oskarni yutish bir qator qo’shimcha bonuslarni o’z ichiga oladi, ularning ba’zilari hanuzgacha aniq raqamlar bilan o’lchanishi mumkin. Masalan, yaqinda Gollivud agentlari tadqiqot o’tkazdilar va mukofotni qo’lga kiritish navbatdagi filmda aktyorning ish gonorarini 20 foizga oshirishini aniqladilar.
Biroq, amalda bu 20% aktyor va aktrisalar uchun umuman boshqacha miqdorni anglatishi mumkin. Erkak Oskar mukofotiga sazovor bo’lganlar navbatdagi filmlari uchun o’rtacha 3,9 million dollar gonorar olsalar, ayollar atigi 500 ming dollar bo’lishi mumkin.
Manba: europaplustv.com