O’zbekistonda quyosh panellari o’rnatish narxi qancha?
Solarnature MChJ (https://solarnature.uz/uz/biz-haqimizda/) ma’lumotlariga ko’ra, panellarni o’rnatish xonadondagi foydalaniladigan jihozlarga qarab xarid qilinadi.
Eng arzon sozlash narxi 12 mln so’m dan boshlanadi va bu bilan siz xonadonda TV, Chiroqlar, Kompyuter ishlata olasiz.
To’rtta paneldan tashkil topgan bu sozlama quvvati 600 Vt/soat ga yetadi. Kuniga 5-6 soat quvvat saqlovchi batareykalariga ega.
Hisoblab ko’raylikchi agar davlat elektr tokidan foydalansangiz:
Bir kunda siz, muzlatgich (24 soat), televizor (12 soat), 5 ta lampa (6 soat) ishlatasiz deb oladigan bo’lsak, bir kunda 8100 Vt dan 10000 Vt gacha elektr toki ketadi.
10kVt × 300 so’m = 3000 so’m/kun
Agar quyosh panellaridan foydalansangiz:
TV, lampochkalarni va muzlatgichni quyosh batareykasi orqali ishlatsangiz:
250Vt × 24 soat = 6000Vt/s
6kVt × 300 so’m = 1800 so’m
Demak, Siz 12 mln so’m lik paneldan o’rnatsangiz oyiga 36 ming so’m dan foyda qilishingiz mumkin.
@NarxiQancha | Manba (https://solarnature.uz/uz/kalkulyator/)