Apple endilikda iCar ishlab chiqaradi. Uning narxi qanday bo’ladi?
Apple komapaniyasi iPhone, iMac, iPad’lar bilan mashhur va bundan tashqari, endilikda avtomobilsozlik sohasida ham o’zini sinab ko’rmoqchi. Apple kompaniyasi bu rejasini shu paytgacha bekitib kelgan, aslida bu ideya 10 yillar avval rejalashtirilgan va hattoki elektrokarlar eskizlari ham chizib chiqilgan deb ta’kidlamoqda ayirim manbalar.
Kompaniya rasmiylari xabar berishicha, iCar yoki Apple Car 2024-yildan ishlab chiqarilishini boshlaydi. Lekin prognozchilar Apple elektrokarlar uchun 2021-yil sentabrdanoq buyurtma berish mumkinligini aytmoqda.
Qisqa qilib aytganda, Apple elektrokarlari katta ehtimol bilan Tesla modellariga juda kuchli raqobatchi bo’lishi mumkin. Tahlilchilarning fikricha, Apple elektrokarlari 2024-yildan sotuvga chiqarilsa, uning narxi taxminan $55 000 atrofida bo’ladi.
@NarxiQancha | Batafsil (https://www.google.com/amp/s/www.macworld.co.uk/news/apple-car-3425394/%3Famp)