Eng birinchi Nokia telefoni narxi qancha edi?

Eng birinchi Nokia telefoni narxi qancha edi?

1865 yilda tashkil topgan Nokia kompaniyasi 1967-yilgacha qog’oz, ekektr energiyasi, rezina va kabel ishlab chiqarish bilan shug’ullangan.

1968-yildan telekommunikatsiya biznesi bilan shug’ullana boshlaydi va 1992-yilda GSM tarmog’ida ishlaydigan Nokia 1011 telefonini taqdim etadi.

10-noyabr kuni sotuvlar boshlangani sababli Nokia 1011 deb nom oladi. O’shanda ushbu telefon 2500 nemis markasi narxida sotilgan, hozirgi kunda ushbu summa $2110 dollarga teng.

Nokia kompaniyasining oltin davri 1996-2009-yillarga to’gri keladi. 2012-yilga kelib, bozorda yetakchilikni Samsung kompaniyasiga berib qo’yadi.

2008-yilni 4 mlrd yevro sof foyda bilan yakunlagan Nokia 2016-yilga kelib 912 mln yevro zarar bilan yillik hisobot topshirdi.

Hozirda Nokia.com saytida 32 xildagi model sotuvda mavjud.

Eng arzon Nokia 105 narxi $15 dollar bo’lsa, eng qimmat Nokia 8.3 5G smartfoni narxi $635 dollar ekan.