O’zbek futbolchilari qancha maosh oladi?
O’zbekistonda superliga va pro-ligada eng kam ish haqi 578 ming so’mdan boshlanadi. Oliy liganing yetakchi klublaridagi tajribali futbolchilar esa 20 mln so’mdan ko’proq maosh olishadi va bu mukofot pullari bilan 2 baravarga oshirib berilishi mumkin.
O’rtamiyona klublarimizda esa futbolchilarning oylik maoshlari 2-6 mln so’m atrofida bo’lsa, har bir g’alabali o’yinlar uchun mukofot puli o’rnida 3-7 mln so’m to’lanadi. Bir oyda 2 ta o’yinda g’alabani qo’lga kiritsa, klub futbolchilari 8-15 mln so’m mukofot puli bilan taqdirlanadi.
Eldor va Odil
«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov yiliga $1 mln 579 ming maosh oladi (so’mda oyiga 1 mlrd 375 mln so’m)
Xitoyning Shanghai SIPG futbol klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov esa yiliga $5 mln maosh oladi.