Green Card yutgandan keyin ketadigan xarajatlar

Green Card yutgandan keyin ketadigan xarajatlar


Green Card — har yili o’ynaladigan, AQSh’ga rezident statusini olish imkonini beruvchi lotoreyadir. Mobodo siz lotoreyada yutsangiz, sizni quyidagi xarajatlar kutmoqda:


• AQSh vizasini olgunga qadar bo’lgan xarajatlar:

— shifokor ko’rigidan o’tish — $205;

— emlash — $40-$150 (yakka tartibda emlash uchun);

— elchixona to’lovi (bir kishilik) — $330.


• Viza olgandan keyingi xarajatlar:

— aviachipta o’rtacha — $650-$750;

— Green Card kartasini olish uchun to’lov — $220;

— kvartira arendasi, o’rtacha narxda bir oy uchun — $1000-$1200.


Shunday qilib, Green Card yutug’idan keyin siz jami hisobda $2445-$2855 atrofida xarajat qilishingizga to’g’ri keladi.


Ammo ko’pchilik holatda, yutuq egalari hujjatlarni tayyorlash va viza olishga tayyorlanish uchun maxsus firmalar xizmatidan foydalanadi. Natijada ularning xarajatlari $5000-$6000 gacha oshib ketishi mumkin.