Xitoycha kaklet

Zarur mahsulotlar: 350 gr. go‘sht, 1 dona sabzi, 1 dona tuxum, 3 osh qoshiq soya sousi, 2 osh qoshiq kraxmal, 4 dona sarimsoqpiyoz, 70 ml. sariyog‘, 1 osh qoshiy un, kunjut, mayonez, imbir va ziravorlar kerak bo‘ladi.




Tayyorlanishi: sabzi va sarimsoqpiyozni archib olinadi. Go‘shtni esa mayda qilib to‘g‘raladi. Idishga tuxum, mayonez, soya sousi solib aralashtiriladi. So‘ngra qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi, sarimsoqpiyoz, imbir va go‘sht qo‘shib aralashtirishda davom etiladi. Massa muzlatgichga yarim saotga qo‘yiladi. Vaqt o‘tgach massaga un, kraxmal, kunjut va ziravorlar qo‘shib qorishtiriladi. Tovaga yog‘ solib massadan bir osh qoshiqdan solib ikki tomoni qizarguncha qovurib pishirib olinadi.


Dasturxonga tortishdan avval kakletlar yoniga garnir sifatida guruch pishirishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!


BEGOYIM


soglom.uz/tavsiya/xitoycha-kaklet/