100 gr shirinlik tarkibi 65.73 kkalni tashkil etadi.
Zarur masalliqlar: 80 gr suli yormasi, 1 dona tuxum oqi, 3 stakan suv, ta’bga ko‘ra dolchin va shakar.
Nachinka uchun: 250 gr yog‘siz tvorog, 50 gr malina, 1 dona tuxum oqi, ta’bga ko‘ra vanilin.
Suli yormasi tuxum oqi, suv, dolchin va ta’bga ko‘ra shirinlik solib aralashtirib xamir qoriladi hamda shaklli qolipga solib 180 daraja qizdirilgan gaz pechiga 10 daqiqa qo‘yiladi.
Bu vaqt ichida uning nachinkasi tayyorlab olinadi. Buning uchun tvorog ichiga malina aralashtirilib blenderda maydalanadi. Ustidan bir dona tuxum oqi va vanilin aralashtirib yana blenderda ko‘pirtirib olinadi. Tayyor bo‘lgan nachinkani shirinlik ustiga surilib, gaz pechiga yana 30 daqiqaga pishirish uchun joylanadi. Yoqimli ishtaha!