Zarur masalliqlar: 1 kg. tovuq qanoti, 0,5 stakan mayonez yoki qaymoq, 0,5 ketchup yoki tomat pastasi, murch, tuz.
Tayyorlanishi: tovuq qanotlarini yaxshilab yuvib, unga tuz va murch sepiladi. Keyin mayonez va ketchup aralashtirilib, hosil bo‘lgan qorishma qanotchalarga suriladi (ta’bga ko‘ra, unga yana sarimsoq piyoz, o‘zingiz yoqtirgan ziravorlar ham qo‘shishingiz mumkin) va yarim soatga dam beriladi. Folga qog‘ozi to‘shalgan gaz pechi patnisiga qanotlar bir tekisda terib chiqiladi va 180 daraja issiqlikda 30-40 daqiqa pishiriladi.
Dilfuza AZIMOVA
soglom.uz