BULOCHKA UCHUN XAMIR

MASALLIQLAR
un — 300-350 gr
shakar — 10 gr
sariyog’ — 50 gr
tuz — 1 bir chimdim
xamirturush — 3 gr
sut — 200 ml
TAYYORLASH USULI

«Bulochka uchun xamir» tayyorlash:


Sutni ilitib olinadi, shakar, achitqi qo‘shiladi. 10 daqiqaga olib qo‘yiladi.
Un elanadi, tuz va yumshagan saryog‘ qo‘shiladi.
Un biln saryog‘ yaxshilab urvoqlanadi.
Sut qo‘shiladi.
Xamir qoriladi. Usimlik yog‘i bilan surtilgan idishga solinadi.
Xamir tayyor bo‘lishi uchun 1.5 soat issiq joyda tindiriladi. So‘ngra bulochka tayyorlash mumkin bo‘ladi.