Muzqaymoq tayyorlash — retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan. Qarshilik ko’rsatish qiyin.

Muzqaymoq tayyorlash — retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Ushbu yozgi desertning boshqa afzalliklari orasida ajoyib bir narsa – siz osongina uyda muzqaymoq tayyorlashingiz mumkin. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma (мороженица) bo’lmasa ham. Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlash qiyin emas. Bundan tashqari, uyda tayyorlangan bunday shirinlikni do’konda hech qachon topa olmaysiz. Va parallel ravishda ajoyib kulinariya jarayonidan orom olasiz. Ushbu maqolada uy sharoitida tayyorlasa bo’ladigan eng mazali muzqaymoqlarning retseptlari keltiriladi.

UY SHAROITIDA MUZQAYMOQ TAYYORLASH UCHUN MASLAHATLAR

Maslahatlar va retseptlar har qanday uyda tayyorlangan muzqaymoq uchun qo’llaniladi. Muzqaymoqni muzlatgichda yoki maxsus qurilmada tayyorlashingiz mumkin. Tamoyillari umumiy.


Eng muhimi. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmasiz tayyorlangan muzqaymoq yaxshilab aralashtirishni talab qiladi. Muzlatgichda saqlanishi davomida har 20 daqiqada – 1 soatda, o’rtacha 3-5 marta aralashtirishga to’g’ri keladi.

Agar siz muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmadan foydalansangiz, aralashmani quyishdan oldin idishni sovutib oling.


Faqat eng yaxshi mahsulotlarni tanlang. Muzqaymoq, uning tarkibidagi masalliqlar qanchalik yaxshi bo’lsa, u shu qadar mazali bo’ladi. Eng yangi sut, qaymoq, tuxum, meva va rezalarni sotib oling; faqat yuqori sifatli shokolad, aromatizatorlar (tabiiysidan foydalanish afzal), vanil. Misol uchun, tabiiy vanil qalamchasi muzqaymoqqa o’ziga xos aromat bag’ishlaydiki, unga bunday aromatni vanilin va hatto tabiiy vanilli shakar ham bera olmaydi.


Agar kaloriyalarni hisoblasangiz. Buni keyinga qoldiring, chunki muzqaymoqning ta’mi va krem ​​tuzilishi yog’ tarkibiga bog’liq. Yog’sizlantirilgan mahsulotlarni ishlatganda muz kristallari bo’lgan muzqaymoqqa ega bo’lasiz. Bunday muzqaymoq tishlarda g’ichirlaydi. Istisno – mevali sorbe, unda yog’ manbai bo’lmaydi.


Aromatizatorlar qachon qo’shiladi. Aromatizatorlarni, ayniqsa ekstrakt yoki xushbo’y alkogol, muzqaymoq massasi sovugach, eng oxirgi bosqichda qo’shilishi kerak.

Agar krem qaynatma bo’lsa, muzqaymoqni muzlatgichga joylashtirishdan oldin uni sovutgichda sovutib oling. Bir kechaga qoldirishingiz mumkin, bu muzlatilganda silliq va qaymoqli tuzilma hosil bo’lishiga olib keladi.


Yong’oqlar, yangi yoki quritilgan mevalar, shokolad bo’lakchalarini qo’shish. Eng yaxshi natija qo’shimchalar deyarli sovugan muzqaymoqqa qo’shilsa olinadi. Ular ham sovuq bo’lishi kerak, shuning uchun ularni ishlatishga qadar muzlatgichda saqlang. Qo’shilganidan keyin yaxshilab aralashtiring.


Uyda tayyorlangan muzqaymoqni saqlash vaqtida muz hosil bo’lishini oldini olish. Agar muzlatgichda saqlash to’g’ri keladigan katta portsiyali muzqaymoq tayyorlamoqchi bo’lsangiz, muz kirstallari hosil bo’lishi muqarrardir. Buni oldini olish uchun muzqaymoqqa alkogol qo’shish mumkin, masalan, mevali muzqaymoqqa mevali likyor (yoki xushbo’y qo’shimchani istamasangiz, faqat spirt) qo’shishingiz mumkin. Ammo bunday muzqaymoq bolalar uchun emas, ular uchun jo’xori yoki invert sirop, asal, jelatin ishlatish mumkin, bu mahsulotlar muzqaymoq muzlab qolishiga yo’l qo’ymaydi.


UY SHAROITIDA TAYYORLASH UCHUN MUZQAYMOQ RETSEPTLARI

Muzqaymoq uchun tayyorlangan aralashmani quyidagilarga joylash mumkin:


Muzlatgichga va har 20 daqiqada-1 soatda aralashtirib turish

Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmaga, bunda ko’rsatmalarga rioya qilish kerak

PLOMBIR RETSEPTI

Bu mazali muzqaymoq, ehtimol, eng yog’li, unda kamida 15% yog’ bo’lishi kerak. Bundan tashqari, eng shirini ham. Qizig’i shundaki, shirinligi desertni ustidan mevali sous, asal, murabbo va shokoladni quyib iste’mol qilishga xalaqit bermaydi.



Muzqaymoq tayyorlash — retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari


Kerak bo’ladigan masalliqlar:Plombir retsepti

sut – 300 ml

qaymoq ​​35% – 250 ml

quruq sut – 35 gramm

shakar – 90 gramm

Vanilli shakar – 1 choy qoshiq

jo’xori kraxmali – 10 gramm


Uyda haqiqiy plombir tayyorlash


Idishda shakarni hammasini quruq sut bilan aralashtiring. Aralashtirayotib, asta-sekin 250 ml sutni quying. Qolgan 50 ml sutda kraxmalni eritib oling.


Idishni o’rta olovga qo’ying, sut qaynay boshlagach, kraxmalli sutni qo’shing. Aralashtirib, aralashma quyuqlashishini kuting. Olovdan olib, suzib oling, polientilen plyonka bilan yopib, sovushga qoldiring.

Qaymoq (u sovuq bo’lishi kerak) yengil uriladi. So’ng sovuq sut aralashmasiga qo’shilib, aralashtiriladi.


Shundan so’ng – muzlatgichga qo’yib, har 20 daqiqada urib turish yoki muzqaymoqdonga joylashtirish kerak. Muzqaymoq yetarlicha sovigan, lekin hali yumshoq bo’lsa, siz uni qog’oz stakanchalarga qo’yishingiz mumkin, shunda u bir necha soat ichida haqiqiy plombirga aylanadi.


QANDAY QILIB ESKIMO TAYYORLASH MUMKIN





Agar plombir shokoladli glazur bilan qoplansa, biz eskimo olamiz. Buning uchun tayoqchali muzqaymoq hosil qilish kerak. Buning uchun maxsus shakllar bo’lsa yaxshi. Agar bo’lmasa, qo’l ostida mavjud vositalardan buning uchun to’g’ri keladigan ingichka va baland shakl yasash kerak. Bu stakanchalarga cho’ziluvchan muzqaymoqni solib, tayoqchalarni o’rnating va to’liq muzlatishga qo’ying.

Glazur uchun teng miqdorda shokolad va sariyog’ oling, glazur muzqaymoqni botirib olishga qulay bo’lishi uchun ko’p bo’lishi kerak. Har ikkala masalliqdan 200 grammdan oling. Shokolad butunlay erigunicha suvli hammomda qizdiring. Muzqaymoqni shakldan chiqarib olib, uni iliq glazurga tezda botirib oling, ozroq sovushi uchun bir oz ushlab turing, so’ngra muzlatgichga qo’ying (unga oldindan pergament qog’oz yoyish kerak).


VANILLI MUZQAYMOQ RETSEPTI

Bu muzqaymoq zich konsistentsiyali, boy ta’m va vanil aromatiga ega.



Kerakli masalliqlar:Vanilli muzqaymoq tayyorlash usuli

• tuxum – 2 ta

• shakar – 0,5 stakan

• tuz – bir chimdim

• sut – 350 ml

• qaymoq ​​20% – 240 ml

• vanilli shakar – 2 choy qoshiq


Uy sharoitida vanilli muzqaymoq qanday qilinadi?


Uy sharoitida vanilli muzqaymoq qanday qilinadi?


Kichik idishga tuxumlarni chaqib soling. Shakar qo’shib, venchik bilan u limon-sariq rangga kirishi va ko’piki ko’p bo’lishigacha uring. Tuz qo’shing, aralashtiring.


Kastryulkada sutni qaynatib oling. So’ng tuxum aralashmasiga ingichka qilib quying va venchik bilan tinimsiz urib turing. Aralashmani kastryulkaga solib, kichik olovga qo’ying va quyuqlashgunicha qaynating, doimo venchik yoki yog’och qoshiq bilan aralashtirib turing. Bu o’rtacha 7-10 daqiqa davom etadi.


Olovdan olib, muzlatishga qo’yadigan idishga suzib oling, ozroq sovushini kuting. Qaymoq va vanil yoki vanilli shakar qo’shing. Muzlatgichda to’liq sovuting (bir necha soatdan to bir kechagacha).

Muzqaymoqni maxsus qurilma yoki muzlatgichda yakuniy tayyorlang.


CHERNIKALI MUZQAYMOQ RETSEPTI

Yangi, pishgan, mazali chernika muzqaymoqqa yoqimli tetiklashtiradigan ta’m bag’ishlaydi. Quyultirilgan sutdan foydalanish tilda eriydigan muzqaymoqqa shirinlik va yumshoqlik qo’shadi. Va qaynatma krem qilish shart emas.





Kerakli masalliqlar:Uy sharoitida chernikali muzqaymoq tayyorlash

yangi chernika – 2 stakan

yog’ligi ​​12% dan ko’p bo’lmagan qaymoq – 475 ml

quyultirilgan sut – 420 ml

yog’li qaymoq ​​- 1 stakan

vanilli shakar – 1 choy qoshiq

Uyda “binafsharang” muzqaymoq tayyorlash


Chernikani yuvib, tozalang. Idishga solib, sanchqi yordamida ezing, blenderdan foydalansa ham bo’ladi. Qanday qilib ezish xohishingizga ko’ra – pyure yoki bo’lakchalar qilib.


Boshqa idishda sut, qaymoq, quyultirilgan sut va vanilni aralashtiring. Idishni muzlatgichga qo’ying va muntazam aralashtirib turishni unutmang yoki muzqaymoq tayyorlash uchun qurilmada yumshoq muzqaymoq holatigacha sovuting. Chernikali pyureni qo’shing va yaxshilab aralashtiring. So’ng yakuniy sovutishga qo’ying.


QOVUNLI SORBET RETSEPTI

Yangi qovunni nafaqat chanqoqni, balki ochlikni ham qoniqtiradigan xushbo’y sorbetga aylantirish mumkin. Boshqa turlarini mustaqil o’ylab topish qiyin bo’lmagan bu desert bizning holatda ikkita – rayhon va qulupnay bilan boyitilgan.





Kerakli masalliqlar:Qovunli sorbet retsepti

qovun – bitta kichik yoki kattaroq qovunning yarimi

apelsinli fresh – chorak stakan

shakar upasi – 170 gramm

tuz – bir chimdim.

Uy sharoitida qovundan muzqaymoq-sorbet tayyorlash


Qovunni urug’lari va po’stlog’idan tozalang. So’ng kichkina kubiklar qilib kesing (ular kamida 300 gramm bo’lishi kerak). Qovun kubikchalarini blenderga soling, apelsin sharbati, shakar upasi va bir chimdim tuz qo’shing. Barchasini bir hil massali pyurega aylantiring.


Aralashmada shakar oxirigacha erishi uchun bir daqiqacha qoldiring, so’ng sovutish uchun sovutgichga qo’ying. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma konteyneriga o’tkazing yoqi muzlatgichga qo’yib, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turishni esdan chiqarmang.


Ta’bga ko’ra bu retseptga rayhon, qulupnay, kivi yoki greypfrut qo’shish mumkin.


KREM-BRYULE MUZQAYMOQ RETSEPTI

Karamelning ta’mi va rangi – bu uy sharoitida tayyorlash mutlaqo oson bo’lgan krem-bryuledir.





Kerakli masalliqlar:Krem-bryule muzqaymoq retsepti

qaymoq ​​35% – 95 ml

sut – 330 ml

quruq sut – 30 gramm

shakar – 100 gramm

jo’xori kraxmali – 8 gramm

Uy sharoitida krem-bryule qanday tayyorlanadi


40 ml sut va 40 gramm shakardan sirop tayyorlang: kastryulkaga shakarni solib, jigarrang karamel hosil bo’lgunicha eriting, keyin iliq sut quyib, aralashtiring. Past haroratda karamel to’liq erib ketgunicha, aralashmaning konsistentsiyasi esa suyultirilgan sutdek bo’lgunicha qaynating.


Ozroq sutda kraxmalni eriting. Boshqa kastryulkaga qolgan shakar va quruq sut solib aralashtiring. Bir oz sut qo’shing va bir xil massa hosil bo’lguniga qadar yaxshilab aralashtiring. So’ng siropni quyib, aralashtirishda davom eting. Qolgan sutni qo’shing. Suzib oling va qaynagunicha qizdiring. Aralashtirayotgan vaqt kraxmal qo’shing.


Ustini plyonka bilan yopib, biroz sovuting va sovutgichga qo’ying. Qaymqoni urib, yengil ko’pirtiring. Sovutgichdan aralashmani olib, qaymoqqa qo’shing va yana uring. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma konteyneriga yoki muzlatgichga qo’yish uchun konteynerga o’tkazing.


GILOS VA SHOKOLADLI MUZQAYMOQ RETSEPTI

Uy sharoitida tayyorlash oson bo’lgan mazali muzqaymoq. Bitta “ammo” – bu aralashmaga termik ishlov berilmaydi, shuning uchun faqat yangi tuxumlardan foydalaning.





Kerakli masalliqlar:Gilos va shokoladli muzqaymoq tayyorlash sirlari

achchiq qora shokolad – 100 gramm

yangi gilos – 100 gramm

tuxum – 2 ta

shakar – 180 gramm

Yog’li qaymoq – 2 stakan

sut – 1 stakan

Uyda gilos va shokoladli muzqaymoq qanday qilinadi


Giloslarni yuvib, ikkiga bo’lish orqali donagidan ajratib oling. Biron idishga solib, sovutgichga soling. Shokoladni qirg’ichni yirik tishidan o’tkazib, ubi ham sovutgichga qo’ying.


Tuxumlarni bir-ikki daqiqa urib ko’pirtiring. Shakar qo’shib, urishni davom ettiring. Shakarni hammasi solib bo’lingach, yana bir necha daqiqa uring. Qaymoq va sut qo’shing, yaxshilab aralashtiring. Muzlatgich yoki muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma idishiga joylashtiring.


2 soatdan keyin, muzqaymoq deyarli qotib qolganda, shokolad va gilos qo’shing, yaxshilab aralashtiring va to’liq muzlatishga qo’ying. Muzlatgichda tayyorlayotgan bo’lsangiz, aralashmani birinchi va ikkinchi marta muzlatishda aralashtirishni unutmang.


UY SHAROITIDA SHOKOLADLI MUZQAYMOQ TAYYORLASH RETSEPTI

Shokoladli muzqaymoq ko’pchilikni eng sevimli muzqaymog’i hisoblanadi. Uni uy sharoitida tayyorlash ham mumkin.





Kerakli masalliqlar:Shokoladli muzqaymoq

qaymoq 40% – 1 stakan

qaymoq 18% – 240 ml

Shakar – 0,5 stakan

vanilli shakar – 3/4 choy qoshiq

tuz – bir chimdim

kakao – 3 osh qoshiq (yoki 60 ml shokoladli sirop)

Shokoladli muzqaymoqni tayyorlash jarayoni


Kakaoni oz miqdorda issiq 18%li qaymoqda eritib oling. Qolgan qaymoqni (18%) qizdiring, shakar qo’shib, u to’liq erigunicha qizdirishni davom eting, kakaoli qaymoqni quying va qaynashgacha olib boring. Sovushga qoldiring. Sovuq aralashmaga vanilli shakar qo’shib, aralashtiring.


40% qaymoqni bir chimdim tuz bilan aralashtirib, ko’pirtiring va sovugan aralashmaga qo’shing. Muzqaymoq tayyorlash uchun qurilma idishiga yoki muzlatgichga qo’yish uchun idishga o’tkazing.