Kerakli masalliqlar:
1. Go’sht — 500 gr.
2. Piyoz — 2 dona
3. Kartoshka — 3 dona
4. Sabzi — 1 dona
5. Pomidor — 1-2 dona
6. Bulg’or qalampiri — 2 hil 1tadan
7. Sarimsoq piyoz — 5-6 bo’lak
8. Ko’katlar
Ko’za sho’rva tayyorlash resepti
Tayyorlanishi:
Ko’zalarning ichiga, avval, kerakli bo’laklarga bo’lingan go’sht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulg’or qalampirlari, ko’katlar solinadi va tuzi rostlanadi. Ta’bingizga ko’ra ziravorlar solsa xam bo’ladi. Ustidan, masallliqlarni ko’mgunicha suv solinadi. So’ng, ko’zalar oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga joylashtiriladi. Ko’zadagi suv qaynab chiqqach, gaz duhovkasining olovi o’rtacha pasaytiriladi. Bunda, ko’zadagi suv miqdori kamayib ketmasligi shart. Bu ko’za sho’rvani, go’shtning qattiq yoki yumshoqligiga qarab, 1,5-2 soat pishiriladi.
Taom sho’rvasi aloxida kosada va masalliqlari likopchada dasturhonga tortiladi.
Yoqimli ishtaxa!