Margaritka shirinligi tayyorlash, pishirish resepti

Kerakli masalliqlar:


1. Un — 3-4 stakan

2. Tuhum — 3 dona

3. Margarin — 250 gr.

4. Smetana — 200 gr.

5. Shakar — 1 piyola

6. Kokos kukuni — 100 gr.

7. Maydalangan yong’oq — 1 stakan

8. Magiz — 1 stakan

9. Qavartma (razrihlitel’) — 1 quti

10. Choy sodasi — 1 choy qoshiq.

11. Quyultirilgan sut (sgushhyonka) — 0,5 piyola


Margaritka shirinligi tayyorlash, pishirish resepti

Tayyorlanishi:


Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo’shilib, uqalanadi. Tuhum sarig’i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo’shilib, hamir qoriladi. Hamir qo’lga yopishmaydigan yumshoq bo’lgunicha un qo’shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo’linib, tindiriladi.



Margaritka shirinligi tayyorlash, pishirish resepti



Xar bir tingan zuvala aloxida yoyilib, ustiga shakar bilan ko’pirtirilgan tuhum oqi surtilib, ustiga yong’oq va magiz sepiladi. Xoxishga qarab magizni o’rniga mak sepish mumkin yoki umuman magiz ishlatmaslik mumkin.





So’ng u rulet qilib o’raladi.





Rulet o’rtacha kattalikda kesiladi. Va duhovka listiga terilib, usti qizargunicha duhovkada pishiriladi.




Pishgan pishiriqlar ustiga quyultirilgan sut surtib, kokos kukuniga botirib olinadi. Kokos kukuni o’rniga maydalangan yong’oq ishlatsa xam bo’ladi.

Yoqimli ishtaxa!