Kerakli masalliqlar:
1. Un 2. Tuhum — 6 dona
3. Shakar — 2,5 stakan
4. Qatiq — 1 litr
5. Salat yog’i — 0,5 stakan
6. Kakao (Turciya) — 4 osh qoshiq
7. Qavartma (Razrihlitel’) — 1,5-2 pachka
8. Soda, uksus — 1 choy qoshiq
Glazur’ uchun
1. Kakao (Turciya) — 3 osh qoshiq
2. Shakar — 4 osh qoshiq
3. Qaymoq — 3 osh qoshiq
Krem uchun
1. Margarin — 300gr.
2. Qaynatilgan sut (varenniy iris) — 200 gr.
Propitka uchun
1. Achchiq kofe — 0,5 piyola
Tayyorlanishi:
Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo’yamiz.
Idishda tuhum va shakarni oppoq bo’lgunicha ko’pirtiramiz. Salat yog’i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz.
Aralashmamiz suyuq kashasimon bo’lgunicha un qo’shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo’lib, qizigan duhovkada o’rta olovda pishiramiz.
Sovutib, propitka qilinib, keyin krem surtamiz. Kremi hohishga qarab.
Eng ustiga glazur’ quyiladi. Ustini hohishga qarab bezatsa bo’ladi.
Yoqimli ishtaxa!