Kerakli masalliqlar:
1. Margarin — 500 gr.
2. Un — keragicha
3. Sut — 1 stakan
4. Achitqi (drojji) — 1 pachka
5. Qand upasi
Momiq shirinligi tayyorlash, pishirish resepti
Tayyorlanishi:
Margarin 4 stakan un bilan uqalanadi. Ustiga achitqi solinib, aralashtiriladi. So’ng, sut solinib, yumshoq hamir qoriladi. Tayyor hamir 1 soatga muzlatkichga qo’yiladi. Hamir 1 sm qalinlikda yoyilib, shakl beriladi.
Duhovka listida 5-10 daqiqa dam berilib, yana ozgina oshiriladi. So’ng, qizigan duhovkada o’rta olovda 25-30 daqiqa davomida pishiriladi. Issiqligida qand upasiga bulg’ab olinadi.
Yoqimli ishtaxa!