Tok do’lma tayyorlash resepti

Kerakli masalliqlar:


1. Qiyma — 0.5 kg.

2. Piyoz — 4-5 dona.

3. Guruch — 0,5 kg.

4. Kartoshka — 5-6 dona.

5. Sabzi — 1-2 dona.

6. Sarimsoq piyoz — 1 bog’

7. Tok bargi.

8. Ziravorlar.

9. Tomat pastasi.


Tok do’lma tayyorlash resepti

Tayyorlanishi:


Guruch tozalanib, yuviladi. Piyozning 3 dan 2 qismi mayda to’g’raladi. Qiyma go’sh, guruch, to’g’ralgan piyoz, ziravorlar qo’shib qiyma qilamiz.


Agar tok barglari tuzlangan (konservalangan) bo’lsa, muzdek suvda yahshilab yuviladi.

Barra (yangi) tok barglari bo’lsa, issiq suvga yumshagunicha solinadi. Barglarni teskari tomoniga qiyma qo’yib tugiladi.


Qozonga yog’ solib qizdiriladi va piyoz solinadi. Piyoz novvotrang tusga kirgunicha qovuriladi. So’ng, kartoshka va sabzi solinib, biroz qovuriladi.


Qovurilayotgan massaga tomat pasta, sarimsoq piyoz, ziravorlar va tuz solib, yana 2-3 daqiqa qovuriladi. So’ng, 1 kosa suv solib, qozon tagi olovi pasaytiriladi.


Tayyor o’ralgan toklar qaynab turgan massa ustiga terib chiqiladi.


Qozon tagi olovi baland qilinib, toklar ko’milgunicha qaynagan suv solinadi.


Sub qaynab chiqqach, olov o’rtacha pastlikka tushurilib, 10-15 daqiqa qaynatiladi. So’ng, olov palov damlanadigan pastlikka tushurilib, qozon qopqog’i yopiladi va 30 daqiqa dimlanadi.

Yoqimli ishtaxa!