Piyozli qatlama tayyorlash resepti

Kerakli masalliqlar:


1. Un — 1 kg.

2. Piyoz — 3-4 dona.

3. Omuhta yog’ — 50 gr.

4. Tuzli suv — 1 kosa.


Piyozli qatlama tayyorlash resepti

Tayyorlash:


Piyoz artilib, mayda to’g’ralib, eziladi.



Piyozli qatlama tayyorlash resepti


Tuzli suvga hamir qoriladi va tindiriladi.





Hamir yoyilib, ustiga omuhta yog’ surtilib, piyoz sepiladi. So’ng hamir o’ralib, rulet xoliga keltiriladi.





Ruletlar 3-4 ga bo’linib, kulchalar yasaladi va tindiriladi.





Tingan kulchalar tova kattaligiga moslanib, yoyiladi va ozgina yog’da ikki tomoni qizargunicha pishiriladi.





Yoqimli ishtaxa!