Ularga o‘zingizni beparvodek ko‘rsatmang. Vaqt keladi, sizni yaxshi ko‘rganlarni topolmay qolasiz.
Doim kimdir sizning ishingizga katta ahamiyat beradi. Siz esa buni sezmaysiz ham. Og‘riq-alamlarini tabassum bilan hikoya qilib berayotgan kishini ko‘rganingizda bilinki, u ichidan ming marta o‘lib bo‘lgandir Kimdir sizni ko‘rganda o‘zini bilmaganlikka, ko‘rmaganlikka olyaptimi, demak, siz uning zehnida yashindek yaraqlab, barq urib turibsiz Ba’zi vaqtlarda o‘zingiz xohlagan narsangizga erisha olmagansiz, to‘g‘rimi? Ehtimol, o‘sha erisha olmaganingiz sizga ato etilgan ulkan ne’mat bo‘lishi mumkin.
Ko‘z yoshlar eng qimmat suyuqliklardir. Ular 1 foiz suvdan, 99 foiz his-tuyg‘ulardan iboratdir. Zaiflarning qalblarini og‘rintirmanglar! Tag‘in u qalblardan bir duo chiqib, sizlarni halok qilmasin.
Siz kulsangiz ham, yig‘lasangiz ham, baribir, hayot o‘taveradi. To‘xtab qolmaydi. Shunday ekan, barcha dardlaringizni ustingizga yuklab olmasdan, ulardan xalos bo‘ling, ularni unuting va tabassum qiling!Ehtimol vazifangiz ortga surilayotgandir. Ehtimol uylanishingiz yoki turmushga chiqishingiz, kasallikdan tuzalishingiz ortga surilib turgandir. Lekin ajringiz, savobingiz hech qachon kechikmaydi.
psixolog Gulbahor Yusupova tayyorladi
pmt.uz