Aslida usullar 10 dan ortiq. Ammo hozircha 3 donasini aytib o‘taman. Noqulay savol degani aynan siz bu savolga javob berishni istamaydigan savoldir. Masalan: Oyliging qancha, qachon bolali bo‘lasan, ajrashmoqchimisizlar va hokazo.
Bu savollar nafaqat yoqimsiz balki og‘riqli bo‘lishi mumkin. Ammo savol beruvchi ko‘pincha buni o‘ylamaydi. Agar o‘ylab qilayotgan bo‘lsa bu suxbatdoshdan qutulish yaxshiroq.
1. Usul. Vatson uslubi. Bunda javob berasiz ammo javobingiz o‘ta haqiqat bo‘lib mavzuga aloqasi yo‘q bo‘ladi. Masalan biz hozir qaerdamiz degan savol manzilni anglatsa Siz: Mashinani ichida deysiz.( Agar mashinadi o‘tirgan bo‘lsangizlar) Bu javob ayni paytda to‘g‘ri ammo mavzuga aloqasi yo‘q.
2. Aks sado usuli. Berilgan savolni darhol savol egasiga qaytaramiz va javobiga qattiq qiziqamiz. Surishtiraveramiz. Masalan sizdan oyligingiz xaqida so‘rashsa O‘zingiznikichi deb savolli javob berib, javob bersa ohirigacha ezmalanib so‘raymiz. Natijada savol beruvchi yoki qochadi yoki unutadi.
3 usul. Aktrisalik usuli. Savol berilishi bilan siz juda qattiq stress olgandek o‘zingizni tutib Oo bu savolni boshqa qaytarib hech qachon bermang deb iztirob bilan aytasiz. Tamom vassalom. Bu usulni yaxshi tarafi shuki agar rol yaxshi o‘ynalsa savol bergan taraf o‘zini aybdor his qilib qoladi. Bundan qanday foydalanish kerakligini esa kanalda aytib o‘tganmiz.
psixolog Sarvar Qaxxorov tayyorladi
pmt.uz