Ayollar yo’l qo’yadigan 3 ta xato 18+


Rossiyalik mashhur psixolog, psixoterapevt Mixail Litvak kitobi asosida ayolning 3 asosiy muammosini tahlil qilamiz.

Hozirgi zamon oilasini 3 ga ajratishimiz mumkin:


1.Ahil er-xotin;


2.Bir-biriga chidab yashaydigan er-xotin;


3.Bir-biriga hayolan yoki jismonan xiyonat qiladigan er-xotin.


.


Demak;


1.Ahil oila deganda unda er-xotin bir-birini tushunishga harakat qiladigan oilaga nisbatan aytiladi.


2.Bir-biriga chidab yashaydigan oilaga bola-chaqa, uzoq yillar, qaynona-qaynota, kuchsizlik va o‘zbekchilik deb yashab kelayotgan er-xotinni kiritishimiz mumkin. Baxtli va baxtsiz oila degan tushuncha hayotda uchramaydi. Chunki har bir oila hayot davomida baxtli va baxtsiz damlarni boshidan kechiradi.


3.Bir-biriga hayolida yoki jismonan xiyonat qiladigan er-xotinlar hozirgi kunda ko‘payib bormoqda. Bunday oilalarda erkak jismonan xiyonat qiladi yoki bolmasa kamida ko‘chada boshqa ayollarga havas bilan qarab yuradi. Undan tashqari shunday oilalar borki, unda xotin boshqa ayollarning eriga, topish-tutishiga, muomilasiga, ko‘rinishiga va boshqa uning uchun ijobiy xususiyatlariga havas bilan qaraydi. O‘z eri bilan boshqani erini solishtirib yuradi. Bu ham hayoliy xiyonat desak adashmaymiz.


Ahil bo‘lmagan oilalarning asosiy sababchisi etib Mixail Litvak ayolning 3 muammosini belgilaydi:


1.Ayol o‘z erini tarbiyalashni istaydi.


2.Uni uradigan, so‘kadigan er bilan ham muloyimgina bo‘lib yashashda davom etaveradi.


3.Aybi ko‘p erkakni hurmat qilib yashayveradi.


Ushbu muammolarni birma-bir ko‘rib chiqsak.


1. Erkak uchun ayol avallambor malham bolishi kerak. Suyanchiq, tayanchiq bo‘la oladigan ayolni erkak hurmat qiladi. Lekin yosh bolani tarbiya qilgandek eriga aql o‘rgatadigan, tuppa-tuzuk erini bir yo‘lga solishni yoki uni o‘zgartirishni maqsad qilgan ayol erkakni nafratini uyg‘otishi hech gap emas. Erkak hadeb ayolidan tarbiya ko‘raversa, u ayoliga o‘z onasidek qaraydigan bolib qoladi. Uni jinsiy istamay qoladi. Undan o‘zini zaifdek his eta boshlaydi. Natijada esa, o‘z qadrini o‘z ko‘zida oshirish uchun so‘kish, qo‘pol gapirish, siltash, sovuqqon bo‘lishni boshlaydi.


2. Ayol qadrini bilmasa, hech qaysi erkak uni qadrlay olmaydi. Litvakning aytishicha, turmush qurishdan oldin ayol ham, erkak ham avallo o‘z qadrini bila olgan bo‘lishi lozim. O‘zbek oilalarida tug‘ilgan qizning qadri juda past bo‘ladi. «Qiz tug‘ilibdi», deb, noliydigan, qizni kamsitib katta qiladigan ota-onalar juda ko‘p. Bunday oilada katta bo‘lgan qiz o‘zini qadrini bilmaydi. Er uni so‘ksa ham, ursa ham, men shunga loyiqman deb o‘ylaydi. Chidashni afzal ko‘radi. To‘g‘ri, ajrashish bilan muammo hal bo‘lmaydi. Chunki bunday ayollar ajrashgani bilan keyin erga tega olmaydi, tekkan taqdirda ham yana kamsitiladi. Chunki u hali o‘zini qadrlashni bilmaydi. Ajrashish ham kerak emas, chidash ham mumkin emas. Ayol o‘zini seva bilishi lozim. Erining so‘kishiyu, qo‘l ko‘tarishlariga chek qo‘yish yo‘lini izlashi kerak. Bunga oddiy holdek, hammani eri shunday deb, qarashi noto‘g‘ri. Eri ursa, «Dadasi ovqat yeysizmi,» degandan ko‘ra, arazlab, hafa bolib, erkalanib, yosh boladek nozlanib, kerak bo‘lsa, artist bo‘lish talab etiladi. Erkak, yonida bir pol latta emas, o‘zini seva biladigan boshi tik ayolni ko‘ra olsa, unga oyoq artishi qiyinroq bo`ladi.




psixolog Ma’ruf Kubayev tayyorladi


pmt.uz