LITVА
Litva – osoyishta oilaviy hordiq chiqarish, dengizda choʼmilish, toza havodan nafas olish va oʼz sogʼligʼini tiklashni niyat qilganlar uchun ajoyib joy. Litva tabiati oʼziga xos boʼlib, litvaliklar tomonidan asrab-avaylanadi. Bu yerdagi koʼplab plyajlarga «havorang bayroqcha» berilgan. Mahalliy loy-balchiq va mineral suvlar bilan davolovchi markazlari butun dunyoga mashhur. Litva iqlimi va mineral suvlarining foydasi hatto bizgacha yetib kelgan qadimiy qoʼlyozmalarda ham aks etgan. Bularning barchasiga manzarali landshaft, qalin qaragʼayzorlar, oʼrmonlar, koʼplab koʼllarni qoʼshsangiz nisbatan arzon narxdagi unutilmas hordiq onlarini oʼzingizga taqdim etgan boʼlasiz. Ulugʼvor Vilьnyus, qadimiy Kaunas va romantik Trakayning goʼzalligi hech kimni befarq qoldirmaydi, Palanga va Neringa qoʼriqxonasidagi dam olish esa unutilmas taassurot qoldiradi.