Italiyada dam olish

ITАLIYA

Italiya – Oʼrtaer dengizi gavhari, har bir inson umrida bir marta boʼlsa ham tashrif buyurishni xohlovchi mamlakat. Bu yerdagi hayot tarzi doim qaynab turadi. Italiyaga kelgan sayyoh albatta koʼngliga yoqqan mashgʼulotni topadi: ekskursiyalar, jahonga mashhur yulduzlarning shou-kontsertlari, xalqaro sport musobaqalari va h.k. Italiya haqida ruhlantiruvchi qoʼshiq va sheʼrlar yozilgan. Koʼpchilik sayyohlar dastavval Rimga borishni istashadi. Buning hech ajablanarli joyi yoʼq, boisi Italiya poytaxti oʼzida juda koʼp qiziqarli manzillarni jamlagan. Аfsonaviy va mahobatli obidalar kishini hayratga soladi. Vatikan saroylari, Kolizey, Kapitoliy, buyuk Panteon, Venetsiyaning goʼzal maydonlari va Rim katakombalari – bularning barchasi bir necha asrlar muqaddam barpo etilgan boʼlsa-da, hali hanuz kishi koʼzini quvontirib kelmoqda. Italiya oshxonasi shinavandalari uchun Bolonьyaga borishni taklif qilamiz. U yerda siz jahondagi eng aʼlo pasta, tansiq goʼsht mahsulotlari va pishloqlarni tatib koʼrishingiz mumkin. Venetsiya – Аdriatika dengizi qirolichasi. Gondolalar, suv, tor koʼchalar, koʼpriklar goʼzal manzara kashf etadi. Dunyodagi eng romantik shahar – Verona, modalar poytaxti – Milan, sershovqin Neapolь, Siena – zaytun daraxtzorlari oʼlkasi – Italiyaning istalgan shahri oʼziga xos jihatlarga ega. Italiyaga tashrif buyurish uchun eng qulay davr – bahor va yoz.


Italiyada dam olish – bu betakror plyajlar, qiziqishlarning rang-barangligi, gastronomik tajribalar va ajoyib insonlar.


Italiyaga safar – bu haqiqiy Oʼrtaer dengizi goʼzalliklaridan bahra olish, tarix va boy madaniyat bilan tanishish.