ISROIL
Isroil – Janubi-Gʼarbiy Osiyoda joylashgan maftunkor davlat. Koʼpmillatli mehmondoʼst xalq sayyohlik nuqtai nazaridan boy manbalarga ega. Isroil davlati turli qarash va qiziqishga ega mehmonlarni oʼz yeriga taklif etadi, shu boisdan bu yerda sayyohlikning turli koʼrinishlari – sogʼlomlashtirish, tarixiy, plyaj, diniy va boshqalar yaxshi rivojlangan. Goʼzal plyajlar oʼzining qaynoq qumlari va Oʼlik dengizning shifobaxsh suvlari bilan sayyohlarni jalb etadi. Isroildagi yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar sizni aslo befarq qoldirmaydi. Qadimiy Isroilning boy tarixi ushbu oʼlka shaharlari arxitekturasida hali hanuz aks etgan. Eng koʼp tashrif buyuriluvchi va mashhur joy – Аl-Аqso masjidi Quddusdagi togʼda joylashgan. U Islomning uchinchi muqaddas ziyoratgohi hisoblanib, bu yerda bir vaqtning oʼzida 5000 kishi ibodat qilishi mumkin.
Isroilda dam olish – yoshidan qatʼi nazar barcha-barchaga toʼgʼri keluvchi unutilmas ertak.
Isroilga safar – bu yangiliklarni kashf etish va dunyoning eng asosiy qadamjolarini bevosita borib koʼrish imkoniyati.