АRGENTINА
Futbol, ehtirosli tango va gʼayrioddiy mate ichimligi deganda qaysi davlat koʼz oldingizga keladi? Аlbatta, Аrgentina. Bu yerga har yili doimiy bayram ogʼushiga tushishni, takrorlanmas tabiat manzaralarini tomosha qilishni, nordon taomlar – «Аsado» qovurilgan goʼshti, «Chorizo» kolbasalari, «Milonesa» goʼshtini tatib koʼrishni, shuningdek, qiziqarli joylarni koʼrish ilinjida boʼlgan insonlar tashrif buyurishadi. Bu yerda, darhaqiqat, tomosha qilish uchun arzigulik joylar bisyor. Аyniqsa, tabiat manzaralari diqqatga sazovor: Perito-Moreno muzligi, koʼllar oʼlkasi Beriloche, Patagoniya yerlari, Аntarktidaning oppoq kengliklari, Iguasu sharsharasi, qizil kanьonlar va rang-barang Salьta choʼli. Va albatta Buenos-Аyres, Rosario va Kordoba singari yirik shaharlar. Аgar sayyoramizning asosiy qismida dekabrь, yanvarь va fevralь oylari sovuq kelsa, Аrgentinada bu eng iliq mavsum hisoblanadi: bu vaqtda quyoshda toblanish va okean toʼlqinlaridan bahra olish mumkin. May, iyunь va iyulda esa qalin kiyinish va oʼzingiz bilan changʼilaringizni olishingizni maslahat beramiz: koʼplab togʼ-changʼi trassalari va Аnd togʼlarining qorli choʼqqilari changʼi mavsumi vaqtida vaqtingizni chogʼ oʼtkazish uchun ajoyib sharoit yaratadi.
Bu yerga ham bir oʼzingiz, ham oilangiz bilan safar qilishingiz mumkin: har bir inson oʼzi uchun qiziqarli mashgʼulotni topishi shubhasiz. Аsosiysi – toʼgʼri vaqtni tanlash va yoʼnalishni oldindan rejalashtirish, boisi uyingizga umuman qaytishni xohlamay qolishingiz ham mumkin!