Shveytsariya – togʼ goʼzalliklari maftun qiluvchi va zavqlantiruvchi yuqori darajada rivojlangan Yevropaning mitti davlati. Iliq iqlim va tabiatining rang-barangligi davlatni jozibali sayyohlik maskaniga aylantiradi. Shveytsariyaning oʼzi goʼzallik sinonimiga aylangan. Аlьp togʼlariyu butun davlat hududidagi haroratdan biroz yuqori boʼlgan xushmanzara koʼllarning koʼrki, boy tarixga ega afsonaviy shaharlar Shveytsariyani tashkil etuvchi goʼzalliklardir. Mamlakat ramzi – mashhur shokolad navining ustki qogʼozini bezab turuvchi Matterxorn togʼi. Shveytsariya hududida atrofini kurortlar egallab olgan oʼnta koʼrkam koʼllar mavjud. Baʼzi bir koʼllar shifobaxshlik xususiyati bilan shuhrat qozongan. Jeneva koʼli yaqinidagi Montryo shahrida ushbu hudud uchun noodatiy boʼlgan palьmalarni ham uchratishingiz mumkin. Davos va Sent-Morits – nafaqat Shveytsariyada, balki butun boshli Yevropada dovrugʼ qozongan togʼ-changʼi maskanlari. Shveytsariyaning istalgan shahri, Bern yoki Jenevani olamizmi, oʼzining tanish imoratlari va obidalariga ega. Аynan shu tufayli bir vaqtning oʼzida mamlakatning bir nechta shaharlarini qamrab oluvchi turli ekskursion sayohatlar juda mashhur. Mamlakat boʼylab sayohat qilish uchun qulay davr – maydan avgustgacha, bu vaqtda quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.
Shveytsariyada dam olish – bu tetiklashtiruvchi togʼ havosi, togʼ-changʼida maroqli vaqtichogʼlik va mamlakatning mashhur shaharlari boʼylab sayr.
Shveytsariyaga safar – bu yorqin tomoshalar, madaniy hordiq, buyuk tarixiy joylarni koʼzdan kechirish, shoping (shu jumladan mashhur Shveytsariya soatlari) va shirindan-shakar shokoladlar.